“Real” – “Chelsi”. Bugungi o'yin oldidan “Angliya futboli” storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
27 apr 2021, 21:15
Bugun Chempionlar Ligasi 1/2 finalidan o'rin olgan dastlabki bahs Madridda “Real” hamda “Chelsi” o'rtasida bo'lib o'tadi.

O'yin Toshkent vaqti bilan 28 aprelga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.

Bo'lajak uchrashuv oldidan Instagram'dagi maxsus “Angliya futboli” sahifamizning storisida so'rovnoma o'tkazildi. Unda ustunlik Zinedin Zidan shogirdlariga berilgan.

“Real” – 57 %

“Chelsi” – 43 %

Ma'lumot o'rnida, jamoalar shu vaqtgacha Chempionlar Ligasida o'zaro o'ynamagan. Biroq, “Real” – “Chelsi” 1970/71 yilgi mavsum Kubok egalari kubogi musobaqasida bir-biriga qarshi to'qnash kelgan. Keyin esa "Chelsi" 1998 yilgi UEFA Superkubogida 1:0 hisobida madridliklarni taslim etgan. 

Shuningdek, Xalqaro chempionlar kubogi o'rtoqlik turnirida ham ular o'rtasida 2 ta bahs bo'lib o'tgan edi.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia