

Portugaliyaning "Record" nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi 28 yoshli yarim himoyachining o'yinini tomosha qilmoqda. Madridning "Real" klubi portugaliyalik futbolchini "Sporting"dagi vaqtidan boshlab o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lib kelayotgandi. So'nggi paytlarda madridliklar Fernandeshga bo'lgan qiziqishni yana tiklashdi.
Brunu MYUda baxtli, lekin agar transfer uning faoliyatini keyingi bosqichga olib chiqsa, boshqa klubga o'tishga qarshi emas.
2022 yilgi Jahon chempionatida Brunu Portugaliya terma jamoasi safida 2 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



