"Real" Braziliyadan 18 yoshli "Benzema" topdi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Botafogo" hujumchisi Mateus Nasimento "Real"ga o'tishi mumkin.

Ayni damda u "Real"ga Vinisius, Rodrigo va Federiko Valverde kabi futbolchilarni olib kelgan skaut Xuni Kalafat nazoratida bo'lib turibdi. "Real" 18 yoshli hujumchini tarkibga olib kelib, asta-sekinlik bilan asosiy jamoaga jalb qilmoqchi.

Braziliyada uni "yangi Benzema" deb atashmoqda. "Botafogo" bilan shartnomasiga ko'ra, futbolchining tovon puli 50 million evroga teng. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 8 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal