"Real" Braim Diasni "Milan"ga sotmoqchi emas

Alisher
5 noya 2022, 12:11
"Real" yarim himoyachi Braim Diasni doimiy asosda "Milan"ga bermaydi.

Ispan tomoni 23 yoshli o'yinchiga kelasi mavsum "Santyago Bernabeu"da o'zini ko'rsatishga imkoniyat bermoqchi.

Yarim himoyachi "Milan"da 2021/22 yilgi mavsum boshidan beri ijara asosida harakat qiladi. Bitim 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va unda xarid qilish bandi ko'zda tutilgan.

Dias joriy mavsum italyan klubida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: as.com