"Real" "Borussiya" xavbekiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
6 mar 2018
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Real" e'tiboriga tushdi va "Qirollik klubi"da Garet Beyl o'rnini egallashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres "arilar" rahbariyati bilan yaxshi munosabatda va yozgi transfer oynasida yarim himoyachi uchun 80 mln. evro taklif qilishi mumkin. Pulishichning "Borussiya" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, xavbekga "Liverpul" qiziqish bildirayotgan edi.

Joriy mavsum 19 yoshli yarim himoyachi Bundesliganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild