"Real" "Borussiya" bilan muzokara o'tkazmaydi

22 dek 2019, 12:13
Bu haqida "Marca" nashri xabar tarqatdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Ashraf Hakimi Madridga qaytadi. "Qaymoqranglilar" 21 yoshli futbolchining o'yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda va mavsum yakunida marokashlik futbolchini jamoaga qaytarish taraddudiga tushadi.

"Borussiya" Hakimini olib qolishga tayyor, ammo "qirolik klubi" universal himoyachi borasida muzokara o'tkazmaydi.

Ma'lumot uchun, Ashraf Bundesliganing joriy mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 gol, 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca