"Real" Bellingemdan Fernandesga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022
"Borussiya" Dortmund yulduzi Jud Bellingemni qo'lga kiritish qiyinlashib borayotgani uchun Ispaniya klubi yo'nalishni o'zgartirdi.

Endi "qirollik klubi" Angliya terma jamoasi a'zosi o'rniga bor e'tiborini argentinalik yarim himoyachi Enco Fernandesga qaratadi. 19 yoshli Jud Bellingem Madrid klubi uchun ancha vaqtdan buyon ustuvor vazifa sifatida qarab kelinayotgan edi. Biroq bir qator ingliz klublarining qiziqish bildirishi va raqobatda "Liverpul"ning qo'li baland kelayotgani "Real"ni boshqa muqobil variant topishga undadi. Qolaversa, Bellingem transferi 100 mln evrodan ancha ortib kyetishi kutilmoqda. 

21 yoshli Fernandes Argentina terma jamoasi safida mundialning ikkala o'yinida ham ishtirok etdi va Lionel Messi 2006 yilda o'rnatgan Jahon chempionatida gol urgan eng yosh argentinalik nomini o'ziniki qildi. Enco o'tgan yozda "River Pleyt"dan atigi 10 mln evroga "Benfika"ga o'tgandi. 

U joriy mavsum Portugaliya jamoasi uchun 3 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi. Jahon chempionatidagi harakatlari tufayli futbolchi top-klublar e'tiborini tortdi va hozirgi jamoasi uning transferidan 100 mln evro atrofida foyda ko'rmoqchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca