

Ispan grandi Polsha terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres u bilan futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubida o'ynagan paytlaridayoq bog'langan, ammo Levandovski "Bavariya"ga o'tishni maqul ko'rgan. Biroq Levandovskining "Bavariya"dan xafsalasi pir bo'lgani haqidagi so'zlaridan so'ng, ispan grandi forvardni xarid qilish haqida o'ylab qoldi.



