Real – Atletiko. Kasilyas asosiy tarkibda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014, 21:04
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi uchun Atletikoga qarshi ilk o'yinda darvozani Iker Kasilyas qo'riqlashini ma'lum qildi.
Ertaga Iker maydonga tushadi. Balki, juma kungi bahsda o'zgarish bo'lar, ammo hozir juma haqida o'ylayotganim yo'q, – deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Kasilyas Yevropa Superkubogi uchun Sevilyaga qarshi o'yinda (2:0) ishtirok etdi.

Real – Atletiko o'rtasidagi ilk o'yin seshanbadan chorshanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02.00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru