

Qayd etilishicha, madridliklar italiyalik murabbiy bilan dastlabki aloqalarni o'rnatib ulgurgan. Birinchi muzokara dushanba kuni bo'lib o'tgan.
Konte ayni damda muddatidan avval “Chelsi”dan iste'foga chiqarilgani uchun London klubi bilan sudlashmoqda. Agar Konte sudda yutib chiqsa, unga 10 mln evro to'lanadi.
Ma'lumot uchun, “Real” Xulen Lopetegi qo'l ostida 4 ta o'yindan beri gol ura olmayapti (1 ta durang, 3 ta mag'lubiyat).


