"Real" Anchelotti o'rniga 5 nomzod topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2022, 20:25
"Real" rahbariyati Karlo Anchelotti ketadigan bo'lsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda "Real" short listiga rahbariyat "yangi Zidan" sifatida qarayotgan "Kastilya" bosh murabbiyi Raul Gonsales, "Xuvenil A" ustozi Alvaro Arbeloa hamda "Bayer"ni boshqarayotgn Xabi Alonsolar kiradi. Xorij mutaxassislari orasida Florentino Peres Tomas Tuxel va Yulian Nagelsmannlarni ko'rib chiqmoqda.

Anchelottining "Real" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Murabbiy xizmatlariga Braziliya terma jamoasi qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Nacional