Real - Al-Sadd. Raul o'zining xayrlashuv uchrashuvida gol urdi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013
Real Madridda Santyago Bernabeu kubogi uchun bahsda Qatarning Al-Sadd klubini tor-mor etdi - 5:0.
Bu o'yin Raul uchun galaktikos safidagi xayrlashuv uchrashuvi bo'ldi.

36 yoshli ispan 23-daqiqada hisobni ochdi, u Real safida dastlabki bo'limda o'ynadi, ikkinchi bo'limda esa Al-Sadd tarkibida harakat qildi. Undan tashqari Madrid klubi safida Isko, Karim Benzema va Xese Rodriges (ikkita) o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi.

Eslatib o'tamiz, Raul Real klubi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru