"Real" agent orqali Beylni ketishga ko'ndirmoqchi

17 avg 2020, 20:26
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoada eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri Garet Beyl bilan xayrlashish fikridan qaytmagan, deya xabar tarqatdi Marca.

Takidlanishicha, uelslik vinger "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidanning rejalari doirasiga kirmaydi.

Shu tufayli Madrid klubi futbolchining agenti bilan aloqaga kirishgan. "Real" shu yo'l orqali Beylni ketishga ko'ndirmoqchi. Ma'lumot uchun, Garet futbol olamidagi eng nufuzli agentlardan biri Jonatan Barnettning xizmatlaridan foydalanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca