"Real" Adidas bilan 1.6 mlrd evrolik shartnoma imzolashga yaqin

Aslanov Jasurbek
20 apr 2019, 13:34
"Real" va adidas hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar joriy mavsum oxirigacha yangi bitim shartlarini kelishib olishi kerak. Madrid klubi va nemis kompaniyasi 12 yillik shartnoma tuzishmoqchi. Kelishuv 1.6 mlrd. evroga baholanmoqda. "Qaymoqranglilar" har mavsum adidas kompaniyasidan 120 mln. evro oladi. Bu narx turli bonuslar bilan oshishi mumkin. Shunday qilib, "Real" adidas mijozlari orasida eng ko'p daromad topadigan klubga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca