"Real" 5-marotaba klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi. Bu rekord!

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2023, 07:48
"Real" beshinchi marotaba klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga yetib borib, rekord o'rnatdi.

Karlo Anchelotti jamoasi yarim finalda Misrning "Al Ahli" klubini 4:1 hisobida mag'lub etdi. 

Madridliklar 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda musobaqa finaliga borishgan va g'olib bo'lganlar. 

"Barselona" to'rt marotaba finalda o'ynagan - uchta g'alaba, bitta mag'lubiyat. "Korintians", "Bavariya", "Liverpul" va "Chelsi" ikki martadan finalga chiqqqan. 

Endi "Real" 11 fevral kuni finalda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia