"Real" 20 yoshli yarim himoyachini sotib oldi

26 iyul 2019, 20:20
"Saragosa" yarim himoyachisi Alberto Soro "Real"ga o'tdi.

Soro "qirollik klubi" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq, transfer narxi 2,5 mln evroga baholanishi aytilgandi.

O'tgan mavsum Soro Segundada 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va shuncha assist muallifiga aylandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: realzaragoza.com