"Real" 2 oy ichida o'tgan yilgidan ko'proq yutqazdi

Tolibjon Qosimov
23 fev 2017, 21:27
Kecha Ispaniyada "Valensiya" va "Real" o'rtasida La Liga 16-turining qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Mestalya" stadionida o'tgan uchrashuvda "ko'rshapalaklar" Zidan shogirdlarini 2:1 hisobida taslim etishdi. Shu tariqa, "Real" joriy yilning dastlabki ikki oyida butun boshli o'tgan yilgidan ko'proq o'yinni boy berishga ulgurdi. "Qirollik klubi" 2016 yil ikki bor mag'lubiyatga uchrashgan edi, 2017 yilning dastlabki ikki oyi davomida esa uch bor maydonni boshlari egik holda tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia