"Real" 11 ta o'yindan buyon nemis klublariga yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2022, 08:57
"Real" Germaniya klublariga qarshi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Karlo Anchelotti YCHL 2-turi doirasida "Leyptsig"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

Ushbu g'alabadan so'ng "Real"ning Germaniya klublariga qarshi o'yindagi mag'lubiyatsiz seriyasi 11 taga etdi. Ushbu o'yinlarda "Real" 7 ta g'alaba va 4 ta durang qayd etgan. 

"Real"ning navbatdagi nemis raqibi yana "Leyptsig" bo'ladi. O'yin 25 oktyabr kuni YCHL 5-turi doirasida Germaniyada o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta