Rayola "Yuventus" bilan Donnarummaning transferini muhokama qildi

Alisher
15 apr 2021, 16:51
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

22 yoshli futbolchining shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Darvozabonning agenti Mino Rayola Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati bilan muzokaralarga kirishdi. Tomonlar ehtimoliy transferning tafsilotlarini muhokama qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma 2015 yildan beri Milan" jamoasida o'ynaydi. Janluiji "rossonerilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Darvozabon joriy mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 32ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport