Rayola Pogbaning transferi bo'yicha ish olib bormoqda

Alisher
12 noya 2019, 17:04
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba mavsum yakunlangandan so'ng jamoadan ketishi mumkin.

26 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola o'yinchini Turinga qaytarish bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Pogbaning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport