Rayola Pogba borasidagi bir necha xabarlarni tasdiqladi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 11:41
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijozi boshqa jamoaga o'tishni istayotganini tan oldi.

"Pol boshqa jamoaga o'tishni istayotganini barcha biladi. Biz ayni damda uning xohishini bajarish jarayonidamiz. Polning kayfiyati qanday ekanligini hozirda hamma ko'rib turibdi.

Klubdagi barcha: bosh murabbiydan tortib, klubning egalari ham uning istagi qanday ekanligini bilib bo'lgan", - dedi Rayola.

Oldinroq futbolchining o'zi ham boshqa jamoaga o'tish istagi borligini aytib o'tgandi. Uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia