Rayola Ibragimovichni "Real"ga taklif qilishga tayyor

Alisher
23 iyun 2020, 16:15
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Shvetsiyalik forvardning agenti Mino Rayola mijozining xizmatlarini "Real"ga taklif qilishga tayyor.

38 yoshli Ibragimovichning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi, uni uzaytirish borasida muzokaralar boshlanmagan.

Ibragimovich yuqori darajada o'ynashda davom etmoqchi va Madridga yo'l olishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, shved oldinroq Ispaniyada "Barselona" tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Don Balon