Rayola Donnarumma haqida: "Milan"dan kyetish xiyonat emas"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2021
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola o'z mijozining yozgi transfer oynasida "Milan"dan kyetishi haqida gapirdi.

"Men unga Milanda qanday munosabatda bo'lganidan juda afsusdaman. U xiyonat qilgani yo'q edi. Vaholanki, u to'rt yil avval jamoani tark etishi mumkin edi, lekin o'shanda kyetmadi.

U "Yuventus"ga yaqin bo'lganmi? O'ylashimcha, "Yuve" hali ham Donnarumma bilan shartnoma imzolamaganidan afsusda. Nafaqat "Yuventus", balki boshqa jamoalar ham. Jiji bilan Navas o'rtasida hech qanday kurash yo'q, u tarkibda o'ynaydi", - dedi Rayola Rai Sport'ga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport