"Rayo Valekano" Falkaoning taqdimotini o'tkazdi

Alisher
17 sen 2021
"Rayo Valekano" kecha kolumbiyalik forvard Radamel Falkaoning taqdimotini o'tkazdi.

35 yoshli futbolchi yangi jamoasi tarkibida 3-raqam ostida harakat qiladi.

Klub 4 sentyabrda Falkao bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilgan edi. "Galatasaroy"dan ketganidan so'ng erkin agentga aylangan kolumbiyalik bilan tuzilgan bitim bir mavsumga mo'ljallangan.

Radamel turk klubidan tashqari Yevropada "Portu", "Atletiko", "Monako", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublarida o'ynagan. U ushbu barcha jamoalarda 9-raqam ostida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RayoVallecano