Rayan Giggz: "MYUning vazifasi – qolgan barcha turnirlarda omadli ishtirok etish"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2016, 17:30
“Manchester Yunayted” yordamchi murabbiyi Rayan Giggz jamoasining ushbu mavsumdagi ishtirokini salbiy baholadi.
“Birinchi o'rindagi jamoa bilan bizning ochkolar bo'yicha katta farq bor. Biz chempionlar ligasi “pley – off” bosqichiga chiqa olmadik. Chempionatda esa oltinchi pog'onadamiz. Lekin biz Yevropa ligasida ishtirok etmoqdamiz, Angliya kuboki va APLning eng kuchli to'rt klubi orasiga kirmoqchimiz va qolgan musobaqalarda omadli ishtirok etmoqchimiz. Bizning hozirgi maqsadimiz mana shunday”, - deydi Rayan Giggz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: reuters.com