Rayan Giggz: "Men faqat "Suonsi" bilan muzokara olib bordim"
Tolibjon Qosimov
27 iyun 2017
"Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Rayan Giggz ayni paytda hech qayday takliflar yo'qligini aytib o'tdi.
"Men bir marotaba "Suonsi" vakillari bilan uchrashdim, lekin bu natija bermadi. OAV meni har bir klubga bog'lab chiqmoqda. Men "Suonsi"dan boshqa klub bilan muzokara olib borganim yo'q", - dedi Giggz.