Raxim Sterling APLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2016, 13:48
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling Premer-liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda APLning rasmiy sayti e'lon qildi.

Jamoa sardorlari va maxsus mutaxassislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Sterling ko'p ovoz to'pladi. Raxim avgust oyidagi 3 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Oldinroq "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar muxlislar talqiniga ko'ra avgust oyining eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia