Ravshan Irmatov boshchiligidagi rasmiylar "Bunyodkor" stadionida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar bilan tanishdi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2023, 20:26
Ma'lumki, mart oyida yurtimizda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi o'tkaziladi.

Rejaga ko'ra, qita birinchiligining bir nechta uchrashuvlariga “Bunyodkor” stadioni ham mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda "O'zbekneftegaz" AJ rahbariyati tashabbusi bilan 2022 yilning iyul oyidan boshlab “Bunyodkor” stadionida qayta ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgandi. Ayni kunlarda qayta ta'mirlash ishlari so'nggi bosqichiga kirishilgan. 

Kecha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi bir qator rasmiy shaxslar "Bunyodkor" stadioniga tashrif buyurishdi va amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni ko'zdan kechirishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Бунёдкор" стадиони администрацияси