Ravshan Haydarov - Osiyo chempioni bo'lgan uchinchi o'zbekistonlik murabbiy

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 17:22
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoydagi Osiyo chempionati finalida Vetnamni 2:1 hisobida mag'lub etib qita chempioni bo'ldi.

Shu tariqa, Ravshan Haydarov O'zbekiston terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan uchinchi murabbiyga aylandi.

1994 yilda Xirosimada o'tgan Osiyo o'yinlarida Rustam Akramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'lishgandi.

2012 yil Eronda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionatida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston chempion bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia