Ravshan Haydarov: "Paxtakor" bizdan ustun jamoa edi"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 20:52
Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylarni o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.

"Ketma ket og'ir uchrashuvlar o'tkazmoqdamiz. "Paxtakor" kuchli jamoa va shuni bilgan holda tayyorgarlik o'tkazdik. Taktikamiz bo'yicha bugun qarshi hujumda o'ynashimiz kerak edi va o'ylaymanki biz oxirgi daqiqagacha to'g'ri o'ynadik. Hatto hisobni ham tenglashtira oldik. Bilardim qanday vaziyat bo'lardi va gol urar edik. Bu vaziyatni kutdik. Afsuski golimizdan so'ng tezda gol o'tkazib yubordik. "Paxtakor" ga kuchimiz yetmadi. "Paxtakor" bizdan ustun jamoa edi. Shunga qaramay o'yin qiziqarli o'tdi. Raqib kuchli bo'lgani uchun bizni o'yinchilar teng kela olmadi" - deya o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tadi Ravshan Haydarov.

- Shunga qaramay butun o'yin davomida faol o'yin ko'rsatgan Komil Sharofetdinov, Sirojiddin Sayfievni zaxiraga oldingiz. Bu vaziyatni tushunmay qoldik?
- Sirojiddin Sayfiev ham, Komil Sharofetdinov ham jarohat olib maydondan chiqib ketishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia