Ravshan Haydarov: "Mendan oldingi murabbiylar eng yaxshilarini tanlab bo'lishgan"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 15:08
Bugun O'zbekiton yoshlar terma jamoasi Vengriyaga uchib ketadi.
Ketish oldidan terma jamoamiz Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Kecha "Jar" stadionining zaxira maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng Ravshan Haydarovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ertaga Vengriyaga uchib ketamiz. Bu yig'in juda muhimligini aytmasam ham bo'ladi. Musobaqa oldidan Yevropa terma jamoasiga qarshi o'ynash orqali asosiy tarkib o'yinchilarini kerakli o'yinga tayyorlaymiz. Musobaqaga oz qoldi. Menga qadar ishlagan murabbiylar yillar davomida shu yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni terma jamoaga jalb qilganlar. Bu terma jamoa futbolchilarini yaqindan bilishim menga qo'l kelishi aniq. Undan tashqari, tarkibda Osiyo chempionatida zafar quchgan va JCHda o'z o'yinlari bilan muxlislarni quvontirgan futbolchilar ko'p. Ularning tajribasi bizga qo'l kelishi aniq", - deydi Ravshan Akmalovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia