Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
"Birinchi bo'limda 2:0 hisobi qayd etilgach, bolalar erinchoqlik bilan o'ynay boshlashdi. Natijada Indoneziya gol urishga erishdi. Albatta, birinchi o'yindagi g'alaba xursand qiladi, lekin, uni qo'lga kiritish uchun asabiylashishga ham to'g'ri keldi. Keyingi o'yinlar uchun kerakli xulosalar chiqaramiz. Tarkib o'zgarishi mumkin, ko'ramiz. Hamrobekov jarohati sabab almashtirildi. Doktorimiz bilan gaplashib, ahvolini bilgach, shunga qarab ish tutamiz".
O'FF matbuot xizmati