Ravshan Ermatovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
9 avg 2018, 07:15
Bugun 9 avgust, FIFA hakami Ravshan Ermatovning tug'ilgan kuni!

Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p o'yin boshqargan, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi bo'lgan hamyurtimiz bugun o'zining 41 yoshini qarshilamoqda. Saytimiz nomidan Ravshan Ermatovni bugungi tavallud ayomi bilan muborakbod etamiz.

Barcha o'ylagan orzu niyatlariga yetib yurishlarini, O'zbekiston nomini dunyoga taratishda davom etishini tilab qolamiz.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia