Ravshan Ermatov “Seul” – “Shandung Luneng” uchrashuvini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016
Osiyo chempionlar ligasi “F” guruhi, 4-tur o'yinlari doirasidagi Janubiy Koreyaning “Seul” hamda Xitoyning “Shandun Luneng” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ushbu o'yin bosh hakami – FIFA referisi Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. To'rtinchi hakam -  Fu Chuan Xui (Singapur). Uchrashuv nazoratchisi – Kamikava Toru (Yaponiya). Komissar – Umid Jamoliy (Eron).

Mazkur o'yin 5 aprel kuni, Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com