Ravshan Ermatov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2020, 14:49
Olim Shokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Bahrayn mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni kunlarda "Chig'atoy" bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Kuni kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarni O'FA birinchi vitce-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi. O'FA birinchi vitce-prezidenti o'smirlar terma jamoasiga yaratib berilgan sharoitlar va vitaminizaciya masalalari hamda ularning jismoniy holati, kayfiyati bilan yaqindan tanishdi. 

Ravshan Ermatov o'smirlarimiz bilan o'zaro suhbat davomida qita birinchiligida munosib tarzda ishtirok etib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solish, murabbiylarni ko'rsatmalariga to'liq rioya qilish, doimo maqsad sari intilish muhimligini ta'kidladi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz