Ravshan Ermatov klublar o'rtasidagi jahon chempionatida eng ko'p o'yinni boshqargan hakam bo'lib turibdi

Alisher Ostonov
14 iyun 2025, 17:57
2025 yilgi musobaqaning ochilish uchrashuvini avstraliyalik hakam boshqarib boradi.

O'zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov klublar o'rtasidagi jahon chempionati tarixida eng ko'p o'yinni boshqargan rasmiy bo'lib turibdi. Uning hisobida 5 ta o'yin mavjud.

2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida Misrning "Al Ahli" va AQSHning "Inter Mayami" uchrashuvini Avstraliya fuqarosi Alirizo Farg'oni boshqarib boradi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia