Ravshan Ermatov CAFA hakamlar qo'mitasi raisi etib saylandi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021, 18:02
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasining hakamlar qo'mitasi raisi etib saylandi.

Kuni kecha qo'mitaning onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda mintaqaga a'zo mamlakatlar Eron, Qirg'iziston, Afg'oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O'zbekiston mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferenciyani Ravshan Ermatov hamda tashkilot bosh kotibi tojikistonlik Ulug'bek Karimov olib bordi va CAFA tomonidan mintaqada hakamlikni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish va musobaqalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Yaqin kelajakdagi yirik turnirlar bo'lmish oktyabr oyidagi U-18 va noyabr oyidagi U-15 chempionatlari, shuningdek, hakamlarning tayinlanishi va zamonaviy kriteriylarga mos ravishda faoliyat olib borishi aytildi.

Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan doimiy ravishda amaliy va nazariy kurslar tashkil etilishi, VAR tizimi ko'nikmalarini egallash bo'yicha mashg'ulotlar, FIFA va AFK dasturlari asosda o'quv-yig'inlarida ishtirok etishi, muntazam onlayn seminarlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати