Raulga La Ligadan taklif tushdi

Оқил Абдубарноев
7 sen 2023
"Kastilya" bosh murabbiyi Raul La Ligada ish boshlashi mumkin.

Manbaga ko'ra, mutaxassisga "Vilyarreal"dan taklif tushgan. “Qaymoqranglilar” murabbiyning ikkinchi jamoadagi ishidan qoniqish hosil qilishgan, biroq ayni paytda mumkin bo'lgan variantni ham o'rganishmoqda.

Bundan tashqari, Pacheta va Kike Sanches Flores ham “Vilyarreal” bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida turibdi. Eslatib o'tamiz, 5 sentyabr kuni "sariq suv osti kemasi"dan Kike Seten istefoga chiqarilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca