Raul "Real"da Zidanning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
3 dek 2020
Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Raul Gonsalos Blanko Madridning "Real" klubini boshqarishi mumkin.

43 yoshli mutaxassis ayni damda klubning zaxira jamoasida ishlamoqda.

Raul jamoa bosh murabbiyligi uchun davogarlar ro'yxatida bor. Ammo bosh davogar 48 yoshli Maurisio Pochettino hisoblanadi.

"Real"ni hozirda Zinedin Zidan boshqarmoqda. Ammo uning qo'l ostida jamoa La Ligada 3ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

Eslatib o'tamiz, 48 yoshli Zidanning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Marca