Raul "Real" bilan shartnoma imzolash uchun Madridga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2017, 16:10
"Real" sobiq hujumchisi Raul Gonsales AQSHdan Madridga uchib keldi va ertaga klub bilan shartnoma imzolashi kerak.

Sobiq futbolchi jamoa prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuv o'tkazadi va "Real" murabbiylar shtabining bir qismiga aylanadi. Raul AQSHda Ispaniya chempionati vakili sifatida ishlagan edi.

39 yoshli Raul "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 1994-2016 yillarda asoasi jamoa tarkibida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca