Raul mavsum tugagach futboldan ketadi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2014, 22:49
Mashhur ispaniyalik hujumchi Raul mavsum tugagach futbolchilik faoliyatini tugatishini ma'lum qildi.
Qatarning Al-Sadd klubi rahbariyati 36 yoshli futbolchiga faoliyatini davom ettirishni taklif qilishdi, biroq Raul yakuniy qarorga kelib bo'ldi, deb xabar bermoqda El Confidencial nashri.

Oldinroq Shalke-04 Raulga klub tizimida ish taklif qilmoqchi ekani haqida xabar chiqqandi. Xuddi shunday taklif Realdan ham chiqqandi.

Raul 1994-2010 yillarda Realda, 2012 yilgacha Shalkeda o'ynagandi. Ispaniya terma jamoasi safida Raul 102ta o'yinda 44ta gol urgan.

U Real safida 6 marta Ispaniya chempioni, 4 marta Ispaniya Superkubogi, 3 marta – Chempionlar ligasi, 2 marta – Qitatalararo kubok va bir marta Yevropa Superkubogini qo'lga kiritgandi.

2011 yilda Raul Shalke safida Germaniya Kubogi va Superkubogi yutgandi. 2013 yil Al-Sadd bilan birga Qatar chempioni bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru