Raul Bundesligada ish boshlashga yaqin

Mirjalol Normatov
26 noya 2023
"Real B" jamoasi bosh murabbiyi Raul "Union" jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga yaqin.

"Bild" xabariga ko'ra, Berlin klubi 46 yoshli murabbiyni o'tgan haftada iste'foga chiqarilgan Ursu Fisherning o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. Raul 2019 yildan buyon "Real"ning ikkinchi jamoasini boshqarib kelmoqda. U 2010-2012 yillar davomida Bundesligada "Shalke" tarkibida o'ynagan.

"Union" dastlabki 12 o'yindan keyin Germaniya chempionati turnir jadvalida so'nggi o'rinlardan birini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild