Raul: "Benites savodli mutaxassis, u "Real"ni raqobatbardosh jamoa qila oladi"

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2015, 13:45
"Real" sobiq hujumchisi Raul "Qirollik klubi" yangi bosh murabbiyi Rafael Benites haqida fikr bildirdi.

"Klub qaror qabul qildimi, uni qo'llab-quvvatlash kerak. Yaxshi xizmati uchun Anchelottiga minnatdorchilik bildirish kerak, ammo endi murabbiyga yangi umid bildiryapmiz. Benites - savodli va o'z ishini sevadigan mutaxassis. U "Real"ni raqobatbardosh jamoa qila olishiga ishonaman" - deydi Raul.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com