Rasmiy xabar: "Turon" o'z safiga serbiyalik futbolchini qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2021, 20:10
Bu haqda "Turon" FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

"O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Turon" tarkibni kuchaytirish maqsadida transferlarni davom ettirmoqda. Xususan, bugun Serbiya va Gretsiya davlatlarida to'p tepgan tajribali yarim himoyachi Sinisha Babich jamoamiz bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.

Sinisha Babich bugunga qadar "Proleter Noviy Sad" (2012-2015), "Voyvodina" (2015-2017), "Radnichkinish" (2017-2018), "Krupa Vrbasu” (2018-2019), "Proleter Noviy Sad" (2019-2020) klublari safida harakat qilgan.

"Turon" futbol klubi jamoasi Sinisha Babichga klubimizdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi", deb yoziladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Турон" ФК матбуот хизмати