Rasmiy xabar: Shapekoense Sudamerikan kubogi sohibi deb e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2016, 23:14
Janubiy Amerika futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) Shapekoense klubini 2016 yilgi Sudamerikan kubogi g'olibi deb e'lon qildi.

Braziliya klubi vakillari o'tirgan samolyot dastlabki final uchrashuviga uchib ketayotganida aviahalokatga uchragandi.

Finaldagi bu jamoaning raqibi Kolumbiyaning Atletiko Nasonal klubi Shapekoensega kubokni berish taklif bilan chiqqandi. Kolumbiyaliklar musobaqa vice-chempioni deb e'lon qilindi va feyr-pley sovriniga ega bo'lishdi. Bundan tashqari Atletiko Nasonal 1 million dollar mukofot puli oladi.

Shu tariqa, Shapekoense o'z tarixida ilk bor Janubiy Amerika kubogi sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: conmebol.com