

O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro o'rtoqlik turnirida qatnashadi. Musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari - O'zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvlar “Al Nasr” klubiga qarashli “Al Maktum” stadionida bo'lib o'tadi.
Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo'lib o'tadi.




