

- 2023-2024 yilgi mavsumdan boshlab Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi bahslari kuzda boshlanadi va bahorda tugaydi. Yani rasman OFK kuz-bahor tizimiga o'tadi.
- 2023-2024 yilgi mavsumdan boshlab OFK klublar musobaqalarida jamoalar jami 6 nafar legionerni o'yin qaydnomasiga kiritishi mumkin, yani 5+1 (istalgan davlatdan 5 va Osiyo qitasidan 1 nafar futbolchi).
- 2023-2024 yilgi mavsumdan boshlab OFK klublar musobaqalarida futbolchilar 3ta sariq kartochka olganidan keyin diskvalifikaciyaga uchraydi. Oldin 2ta ogohlantirishdan keyin futbolchi diskvalifikaciya qilinardi.
- 2023 va 2024 yilgi U-17, U-20 va U-23 Osiyo chempionati saralashidan boshlab jamoalar Sharq va G'arb mintaqasiga ajratilmaydi. Yani bitta guruhda ham Sharq, ham G'arb mintaqasidan jamoa bo'lishi mumkin.



