Rasmiy xabar: Yana bir futbolchi "Lokomotiv"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020, 16:05
3 yillik tanaffusdan so'ng himoyachi Sherzod Fayziev "Lokomotiv"ga qaytdi.

1992 yilning 6 fevral kunida tug'ilgan Sherzod o'tgan mavsumda AGMK va "So'g'diyona" tarkibida yorqin o'yinlar o'tkazdi va "Lokomotiv" murabbiylar shtabi e'tiborini yana bir bor qozona oldi.

2016 va 2017 yilgi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan, himoya chizig'ining barcha nuqtalarida o'ynay olishi bilan muxlislar e'tiborini qozongan Sherzod Fayziev 2020 yilgi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

Sherzod Fayzievning statistikasi:
2011-2015 "Mashal" 63 o'yin, 2 gol
2016-2017 "Lokomotiv" 38 o'yin
2018 "Metallurg" 27 o'yin
2019 (1-davra) AGMK 7 o'yin
2019 (2-davra) "So'g'diyona" 12 o'yin



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz