

Unga ko'ra Markaziy mintaqaning ikki guruhi g'oliblari "Nasaf" (O'zbekiston) va "Ahal" (Turkmaniston) o'rtasidagi o'yin Qarshida o'tkaziladi. 25 avgust kuni bo'ladigan mazkur o'yin g'olibi OFK kubogi yarim finaliga chiqadi.
Pandemiya tufayli G, H va I guruhi bahslari to'lig'icha bekor qilindi. Bugun, 7 iyul kuni OFK kubogi pley-off bahslariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tishi kerak edi. OFK qur'ani taxminan 4 avgustga qoldirdi.



