Rasmiy xabar: Jamol Belmadi - Jazoir bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 19:50
Jazoir futbol federatsiyasi Jamol Belmadi milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lganini rasman e'lon qildi.

42 yoshli murabbiy 2022 yilga qadar ushbu termada faoliyat olib boradi. Bunga qadar ushbu lavozimda Raboh Majer ishlab kelayotgandi.

Jamol Belmadi ushbu mavsumda Qatarning "Al Duhayl" jamoasini boshqargandi. OCHLning bu yilgi mavsumida u o'z jamoasi bilan Toshkentda "Lokomotiv" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishni uddalagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/footballalgeria